Advanced

Facebook- o’zbek tilida

Google+ Pinterest LinkedIn Tumblr

Facebookdagi terminlar

Facebook –  dunyodagi eng mashhur ishtimoiy tarmoqlardan biri. Ingliz tilini bilgan kishilarning ko’pchiliklarii har kuni soatlab vaqtini unda o’tkazishadi.

Bu maqolada Facebook bilan bog’liq bo’lgan ibora va so’zlarni o’rgataman. Shu so’z va iboralar sizga IELTS speaking yoki IELTS writing sinovlarda sizga kerak bo’ladi.

 

Facebook words

News feed – Yangiliklar (Sizning sahifangizning markazida joylashgan bo’lib, do’stlaringiz haqidagi xabarnoma, u tez-tez yangilanib turadi)
Groups – Gruhlar(bir hil qiziqishga ega bo’lgan kishilar gruhlari)
Apps – Turli hil o’yinlar o’ynashingiz va do’stlar bilan baham ko’rishingiz mumkin.
Pages – Kishilar uchun timeline, firmalar uchun pagelar mavjud(deyarli bir hil)
Profile – Kishilar bilan baxam ko’rishingiz mumkin bo’lgan shaxsiy ma’lumotlaringiz
Timeline– O’z matnlaringiz, rasm yoki videolaringizni kiritishingiz mumkin bo’lgan joy. (Har qanday postingiz do’stlaringiz news feed bo’limida ko’rsatiladi)
Status – Timeline da yoziladigan gaplar(status har hil bo’lishi mumkin; g’amgin statuslar, quvnoq statuslar, aqilli statuslar… ) 
Like – like tugmachasini bosib postni yoqtirishingizni bildirasiz
Share – bu tugmacha orqali siz ma’lumotlarni do’stlaringiz bilan baham ko’rasiz.
Boost Post – O’z postlaringizni reklama qilasiz(ko’proq kishilar ko’radi, lekin to’lovlari mavjud)
Comment – Post haqida fikringizni yozishingiz mumkin
Message – Xabar(Kimgadir shaxsiy xat yuborasiz, bu xat faqat sizga va xat oluvchiga ayon bo’ladi)
Event– Voqea (Siz biror kishini qandaydir sodir etilishi kutilayotgan voqeaga taklif etishingiz mumkin.)
About – Siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlar(qayerda yashashingiz, yoshingiz…)
Friends – Sizning postlaringizni ko’rishga rozilik bergan kishilar(do’stlaringiz yoki siz bilmagan begona kishilar ham bo’lishi mumkin)
Cover Photo– Sizning timeline bo’limingiz yuqorisidagi siz istagan rasm.

 

Quyidagi savollar odatda facebook foydalanuvchilari orasida keng tarqalgan.

a) What was the last post you put on your timeline?
b) Do you share your photos on Facebook?
c) What was your last comment?
d) How often do you comment?
e) How often do you write a status on your timeline?
f) What was the last post you liked?
g) How many friends do you have on Facebook? Do you know your friends personally?
h) Do you ever message anyone? How often and why?
i) What is in your cover photo?
j) What was the last thing you shared on Facebook? How often do you share things?
k) Do you use news feed or any apps on Facebook?
l) Are you a member of any groups? Why?

Quyida mashq sizga Facebook haqidagi tushunchangizga aniqlik kiritadi.

ex 1 ex 2 ex 3

Write A Comment